Iqrorman sizgacha ko'p bora toydim
Ko'p bora turg'azdi rahmon qo'llari
Ko'zingiz ko'rganim o'sha tun oydin
O'shanda barg ochdi qalbim gullari
Iqrorman nuqsonu gunohim sonsiz
Biroq aldamadim o'zimni o'zim
Muhabbat bir qo'shiq umrlik so'ngsiz
Uni sizga boqib tingladi ko'zim
O nana nana aha nana nana
Iqrorman maftunman asirman tamom
Ortiq yasholmayman o'zimni yengib
Necha yildan uchib keldim siz tomon
Necha yildan kechib keldingiz menga
Iqrorman bir sizga muxtojligim rost
Har bitta zarramda mavjud ismingiz
Men chap qovurg'angiz bu suxi alas
Chog'ida yo'qotib qo'ygan qismingiz