Zo'r yashar deb o'ylamang hech, havas qilmang.
O'zga yurtda ming bir azob ko'rganlarga
Tirikchilik tashvishini o'yin bilmang
Oson emas musofirda yurganlarga
Kimsa bilmas bedor tunlar yig'laganda
Sog'inch azob yurak bag'rin tig'laganda
Kim silaydi sochlarini uxlaganda
Oson emas musofirda yurganlarga
Sog'inganda bolasini qucholmayin
Bilet boru lek vatanga ucholmayin
Yurar dardin hech kimsaga ocholmayin
Oson emas musofirda yurganlarga